Maruza 120 daqiqa

Elektr maydonida o‘tkazgichlar. Elektr sig‘imi va kondensatorlar

O'tkazgichlarning elektrostatik maydondagi holati, yakka o'tkazgich elektr sig'imi, yassi, sferik va silindrik kondensatorlar hamda maydon energiyasi.

Maqsadlar
  • O'tkazgich ichida E = 0 va φ = const shartlarini asoslash
  • Elektrostatik induksiya hodisasini tushuntirish
  • Yakka o'tkazgich sig'imi C = 4πε₀R ni hisoblash
  • Yassi, sferik va silindrik kondensator sig'imlarini hisoblash
  • Elektr maydon energiyasi W va energiya zichligi w ni aniqlash

Maruza matni

PDF
Maruza matni PDF · 869 KB
PDF tayyorlanmoqda…

Interaktiv animatsiyalar

6 ta
7.1 Elektr maydonida o'tkazgichlar

Tashqi maydon ta'sirida erkin elektronlarning qayta taqsimlanishi, E_ichki = 0.

7.2 O'tkazgichning elektr sig'imi

Yakka sferik o'tkazgich: C = 4πε₀R, radius va zaryadning ta'siri.

7.3 Yassi kondensator sig'imi

C = ε₀ε_r S/d. Plastina yuzasi va masofaning sig'imga ta'siri.

7.4 Sferik kondensator sig'imi

C = 4πε₀ε_r R₁R₂/(R₂−R₁). Radiuslar va dielektrikning ta'siri.

7.5 Silindrik kondensator sig'imi

C = 2πε₀ε_r L/ln(R₂/R₁). Radiuslar, uzunlik va dielektrikning ta'siri.

7.6 Elektr maydon energiyasi va uning zichligi

W = CU²/2 va w = ε₀ε_r E²/2 ni interaktiv hisoblash.

Asosiy tushunchalar

Lug'at
Elektrostatik induksiya
Tashqi maydon ta'sirida o'tkazgich sirtida induksion zaryadlarning hosil bo'lishi.
Elektr sig'imi (C)
C = Q/φ — o'tkazgichning zaryad to'plash qobiliyati. SI birligi — farad (F).
Kondensator
Dielektrik bilan ajratilgan ikki o'tkazgichdan iborat, zaryad to'plovchi qurilma.
Yassi kondensator
C = ε₀ε_r S/d — ikki parallel plastinadan iborat kondensator.
Sferik kondensator
C = 4πε₀ε_r R₁R₂/(R₂−R₁) — ikki konsentrik sferadan iborat kondensator.
Silindrik kondensator
C = 2πε₀ε_r L/ln(R₂/R₁) — ikki koaksial silindrdan iborat kondensator.
Maydon energiyasi (W)
W = CU²/2 — kondensatorda to'plangan elektr maydon energiyasi.
Energiya zichligi (w)
w = ε₀ε_r E²/2 — birlik hajmga to'g'ri keluvchi maydon energiyasi, J/m³.

Bilimni tekshirish

Mavzuni o'qib bo'lgach 10 ta savoldan iborat testni topshiring. Keyingi mavzu 50% dan yuqori natijada ochiladi.

Testni boshlash