Elektr o‘tkazuvchanlikning fizik tabiati
Metallarda elektr o'tkazuvchanlik erkin elektronlarning elektr maydon ta'siridagi yo‘nalgan drift harakati bilan bog‘liq. Elektronlar kristall panjaradagi ionlar bilan ko‘p marta to‘qnashadi, biroq elektr maydon ularning o‘rtacha harakatiga ma’lum yo‘nalish beradi.